Ommaviy taklif
Hurmatli mijoz!
Saytdan chiptalar izlash, yo’lovchilar va yuklarni ta’shish haqida ma’lumotlar olish va hizmatlardan foydalanish ommaviy ko’rsatmaga muvofiq amalga oshiriladi. Agar siz ommaviy ko’rsatmadagi qonun-qoidalarni qabul qilmasangiz, saytdan Foydalanuvchi sifatida qo’llashingizga ruhsat berilmaydi. Quyida ko’rsatilgan matnda jismoniy shaxslar uchun b.2 m.369 O’zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga muvofiq hizmat ko’rsatish haqida shartnoma tuzish hamda foydalanish shartlari ko’rsatilgan. Ommaviy ko’rsatma foydalaningizdan boshlab kuchga kirgan hisoblanib, undagi barcha shartlarga shubhasiz amal qilishingizni bildiradi.
Sizga qulay bo’lishi uchun saytimizda shaxsiy kabinet mavjud bo’lib - bu quyidagi qulayliklarga ega:
-
Chiptalarni yanada tezroq buyurtma qilishingizni ta’minlash uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlab qoladi;
-
Barcha buyurtmalaringizni bir joyda ko'rish;
-
Buyurtmani rasmiylashtirish bosqichlarini nazorat qilish.
Elektron pochtangiz (keyinchalik login sifatida ishlatiladi) va parol bilan ro'yxatdan o'tish orqali saytdagi shaxsiy kabinetingizni yaratishingiz mumkin
Agar siz maxfiy so’zni unutsangiz , maxfiy so’zni tiklash hizmatidan foydalaning - Sizga faqatgina ro’yxatdan o’tish vaqtida ko’rsatgan e-mail manziligizni ko’rsatish kerak bo’ladi, undan keying bosqichlarni e-mail manzilingizga ko’rsatma sifatida jo’natiladi.
Abquick.uz servisida avichiptalar bron qilish va sotib olish
Ommaviy ko’rsatma shartnomasining shartlari
1. Umumiy holat
1.1 Asl qoidalar (keyinchalik - “Qoida”) - http://abquick.uz servisidan foydalanish, buyurtma berish va aviachiptalarni sotib olish qoidalarini belgilaydi.
1.2 Domen nomidan va http://abquick.uz veb-saytidan foydalanish huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Nukus ko‘chasi 72/2 bo‘lgan “DONAVIATRANS” MChJga tegishli.
1.3 Aviachiptalarni izlash hizmati sifatida abquick.uz (keyinchalik - “Servis”) programmali mahsulot bo’lib, unga ulanish http://abquick.uz manzili orqali amalga oshiriladi va quyidagi hizmatlarni ko’rsatadi: Foydalanuvchining so’roviga asosan 3-shaxslar ya’ni aviakompaniyalar, agentliklar hamda buyurtma qilish sistemalari taqdim etgan aviachiptalarni izlash, topish va taqdim etish; Saytda ko’rsatilgan aviachiptalarga buyurtma berish va sotib olish; Foydalanuvchi so’rov bergan yo’nalish bo’yicha aviachiptalar narxini kuzatish va Foydalanuvchiga taqdim etish; Saytdagi sozlamalarni va shaxsiy ma’lumotlarni o’z sahifasida saqlab qolish va Foydalanuvchiga qulayliklar taqdim etish.
1.4 Fodalanuvchi sayt hizmatlaridan foydalanar ekan uning ommaviy ko’rsatmasi bilan tanish ekanligini va uning barcha qonun va majburiyatlarini o’z bo’yniga olishini va bajarishini bildiradi. Agarda, Foydalanuvchi barcha majburiyat va qoidalarga rozi bo’lmasa unda sayt hizmatidan foydalanmasligi ma’qul.
1.5 Ko’rsatilgan barcha qoidalar va ularga amal qilish O’zbekiston Respublikasi qonunchili doirasida ta’sis etiladi. Barcha shikoyat va arzlar servis sohibining manziliga nisbatan sudda ko’rib chiqiladi.
1.6 Agarda ko’rsatilgan bitta yoki bir nechta qoidalar yuridik tomondan noo’rin yoki asossiz deb topilsa, bu qolgan qoidalarga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.
1.7 Ushbu qoidalarni ajralmas bir bo’lagi sifatida maxfiylik siyosati hisoblanib (
Sayt Foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash haqidagi kelishuvda ) quyidagi manzilda ko’rsatilgan
2. Asosiy termin va tushuntirishlar.
Administrator
- OOO DONAVIATRANS, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olingan, pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Nukusskaya ko‘chasi, 72/2.
Hizmat
(Servis) - bu ommaviy ko’rsatmaga binoan programmalashtirilgan mahsulot bo’lib, unga http://abquick.uz internet sayti orqali ulanib, quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: foydalanuvchining so’roviga asosan 3-shaxslar ya’ni aviakompaniyalar, agentliklar hamda buyurtma qilish sistemalari taqdim etgan aviachiptalarni izlash, topish va taqdim etish; Saytda ko’rsatilgan aviachiptalarga buyurtma berish va sotib olish; Foydalanuvchi so’rov bergan yo’nalish bo’yicha aviachiptalar narxini kuzatish va Foydalanuvchiga taqdim etish; Saytdagi sozlamalarni va shaxsiy ma’lumotlarni o’z sahifasida saqlab qolish va Foydalanuvchiga qulayliklar taqdim etish
Sayt - avtomatlashtirilgan va ma’lumotlashtirilgan Internet tarmog’ining www.abquick.uz manzili bo’yicha buyurtmachi va hizmat ko’rsatuvchi o’rtasidagi aloqa vositasi.
Sayt
- avtomatlashtirilgan va ma’lumotlashtirilgan Internet tarmog’ining www.abquick.uz manzili bo’yicha buyurtmachi va hizmat ko’rsatuvchi o’rtasidagi aloqa vositasi.
Hizmat ko’rsatuvchi
- yuridik shaxs, aviachiptalarni buyurtirish va bron qilishni tashkillashtiruvchi.
Yo’nalish-kvitansiyasi
- passajirga majburiy tarzda berilib, chiptaning bir qismi hisoblanadi. Elektron pochta orqali Foydalanuvchiga jo’natiladi va uning elektron aviachiptani(Электронный авиабилет/ Elektron avichipta nima ссылка)harid qilgani haqidagi tasdqilovchi hujjati hisoblanadi.
Foydalanuvchi
- foydalanuvchi tushunchasi ostida 18 yoshga kirgan voyaga yetgan jismoniy shaxs tushunilib, u o’z navbatida hizmat ko’rsatuvchi bilan oldi-berdi munosabatlarini amalga oshirish huquqiga ega, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 3 bo’limiga binoan, saytning hizmatlaridan foydalangan holda shaxsiy va uy ehtiyojlari uchun xususiy tadbirkorlik qilmagan holda buyurtma qilishi mumkin.
Ikki marotaba bron qilish
- bu amal bir xil reys, bir xil passajir va bir xil vaqtda ikki saytdan bir xil buyurtma berish. Bunday vaziyatda ikki marotaba bron qilingan aviachiptani kompaniya butunlay bekor qilishi mumkin.
Tarif
- bu o’lcho’v bo’lib, tashuvchi tomonidan passajirni tashib o’tish va bepul bagaj olib o’tish uchun belgilangan pul miqdori, tashuvchi tomonidan e’lon qilinib, u yoki bu jamiyat qatlami uchun belgilanadi.
Buyurtma
- Foydalanuvchi tomonidan ma’lum ravishda rasmiylashtirilgan aviachiptaning buyurtmasi uchun so’rov.
To’lov qabul qilish ofisi
- Hizmat ko’rsatuvchining ofisi, tanlangan aviachiptaning to’lovini amalga oshirish joyi.
Shaxsiy ma’lumotlar
– любая информация, которую Пользователь предоставляет о себе самостоятельно при регистрации на Сайте, а также в процессе дальнейшего использования Сайта. К такой информации, в частности, следует относить: ФИО, год, месяц, дата и место рождения, адрес, сведения о семейном, социальном, имущественном положении, сведения об образовании, профессии, доходах, сведения о состоянии здоровья, а также другую информацию, включая ряд технических данных: IP адрес, cookie, историю посещений браузера и другие.
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
- shaxsiy ma’lumotlar ustidan bajarilgan har qanday amal, avtomatlashtirish tizimi yoki shunga o’xshash vositalar orqali. Bunday amallarga: yig’ish, qabul qilish, yozish, klassifikatsiyalash, to’planishi, saqlanishi, tahrirlash, (yangilash,o’zgartirish), olish, qo’shish, yuborish (tarqatish, taqdim etish, kirish), blok qilish, o’chirish kabi amallar tushuniladi.
Shaxsiy kabinet
- saytning personal bo’linishi, Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni kirgizgandan keyin saytda ro’yxatdan o’tadi. Shaxsiy kabinet, shaxsiy ma’lumotlar saqlanadigan joy (shaxsiy ma’lumotlar va hujjatlar), buyurtmalarni rasmiylashtirish, berilgan buyurtmalarni qayta ko’rib chiqish, ularning amalga oshish statusi, to’lovlarning holati va xabardor bo’lish joyi.
3. Saytda ro’yxatdan o’tishning umumiy holati
3.1 Aviachiptalar buyurtma berish uchun avval saytdan ro’yxatdan o’tish yoki buyurtma berish jarayonida ro’yxatdan o’tish amalga oshiriladi. Yanada qulayroq va osonroq buyurtma berish uchun abquick.uz saytida Foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tish tartibi belgilangan.
3.2 Saytda ro’yxatdan o’tish uchun Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak bo’ladi:
-
Elektron pochtasining manzili (keyinchalik login sifatida foydalaniladi)
-
Parol (maxfiy so’z)
3.3 Ro'yxatga olishni tasdiqlash havolasi, ko'rsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi, u Saytda ro'yxatdan o'tishni yakunlash uchun amal qilinishi kerak.
3.4 Chiptani buyurtma berish jarayonidagi barcha ma’lumot almashinuvlari Foydalanuvching shaxsiy kabineti yoki ro’yxatdan o’tish jarayonida kiritgan elektron manzili orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun Foydalanuvchi kiritgan elektron manzilini buyurtma to’liq amalga oshguniga qadar, doimiy ravishda tekshirib turishi, mumkin bo’lgan o’zgartirishlar kiritilishidan ogoh bo’lishi hamda kerakli holatda qo’llab-quvvatlash markaziga murajaat qilishi zarur.
3.5 Kiritilgan istalgan o’zgartirishlar haqida vaqtida ogoh bo’lmagan Foydalanuvchi, buyurtmaning o’zgarishi, Administratorga bo’gliq bo’lmagan o’zgarishlar (reysning ushlanib qolishi yoki bekor qilinishi, to’lovning istalgan sababga ko’ra kechiktirilishi, tariflarning o’zgarishi va boshqalar) barchasi uchun javobgarlik Foydalanuvchi zimmasiga yuklanadi.
3.6 Foydalanuvchi uchinchi bir shaxsga login va parolini bermaslik to’g’risida ma’sul hisoblanadi, agarda uning login va paroli kimdir tomonidan noqonuniy tarzda foydalanilayotganidan xabar topsa yoki shubhalansa zudlik bilan: info@abquick.uz manzili buyicha xabar berishi lozim.
4. Bron, to'lov va chiptalarni rasmiylashtirish
4.1 Aviachiptalarni bron qilish, rasmiylashtirish va to’lovni amalga oshirish servisidan foydalanishdan avval ommaviy taklif qonun-qoidalari bilan yaqindan tanishishingizni tavsiya qilamiz. Tanishib chiqqandan so’ng Foydalanuvchi buyurtma berishi maqsadga muvofiq. Buyurtmani rasmiylashtirayotganda, foydalanuvchilar aviakompaniyaning ommaviy ko'rsatmalari qoidalarini o'qiganligini tasdiqlashadi, bu ko'rsatmalar tariflarni qo'llash bo'yicha shartlarda ifodalangan.
4.2 Foydalanuvchi mustaqil ravishda ko’rsatilgan qonun doirasida buyurtma beradi va ushbu buyurtma quyidagi uch tomon uchun qonuniy hisoblanadi: Sayt Administratori, Hizmat ko’rsatuvchi va Foydalanuvchining o’zi.
4.3 Foydalanuvchiga buyurtmani bronlash yoki sotib olish uchun zarur bo'lgan Saytdagi shaxsiy va boshqa ma'lumotlar bilan to'ldiriladigan barcha talablarni mustaqil ravishda to'ldiradi. Foydalanuvchi Saytdagi bron bo’limida kiritilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar tog’riligini hamda buyurtma vaqtida ularning aniqligi uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.
4.4 Agarda buyurtma Foydalanuvchi tomonidan xatolar bilan to’ldirilgan bo’lsa, Administrator va xizmat ko'rsatuvchi buyurtmaga o'zgartirish kiritishni rad etish huquqiga ega va foydalanuvchi tomonidan noto'g'ri to'ldirilgan buyurtma va aviabilet uchun javobgar bo'lmaydi. Shu bilan birga, aviakompaniya tariflarini qo'llash qoidalariga muvofiq Foydalanuvchidan jarima olinadi.
4.5 Saytdan istalgan ravishda foydalanish hamda buyurtma berish bevosita Foydalanuvchining ommaviy ko’rsatma bilan tanishganligi hamda barcha shartlari va majburiyatlariga to'liq va shartsiz roziligi sifatida qabul qilinadi.
4.6 Foydalanuvchi Ommaviy ko’rsatma shartlarini qabul qilar ekan, buyurtmani to’lovi hamda qo’shimcha to’lov va soliqlarni ham o’z bo’yniga olishini anglatadi.
4.7 Foydalanuvchi buyurtma berish vaqtida kiritgan shaxsiy ma’lumotlar, ularning asliga to’g’riligi hamda to’liq ekanligiga javobgar hisoblanadi. Buyurtma berish vaqtida Foydalanuvchi to’ldirilishi zarur deb belgilangan barcha bo’limlarni to’liq to’ldirishi kerak.
4.8 abquick saytida berilgan barcha buyurtmalar, oxirgi qaror sifatida avtomatlashtirilgan sistema orqali ko’rib chiqiladi va xizmat xatlari foydalanuvchi elektron pochta manziliga yuboriladi. Yo'nalish kvitansiyasi Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ham jo’natiladi.
4.9 Ko’rsatilgan hizmatlar faqatgina to’lov to’liq amalga oshganidan so’ng ko’rsatiladi. Foydalanuvchi tomonidan to’lov to’lanib, o’tkazilgan pullar hizmat ko’rsatuvchining hisob raqamiga tushganidan so’ng buyurtma to’liq kuchga kirgan hisoblanadi.
4.10 Hizmat ko’rsatuvchi 24 soatdan kech bo’lmagan vaqt ichida, hisob raqamiga pul o’tkazilgandan so’ng, Foydalanuvchiga uning buyurtmasi asosida yo’nalish-kvitansiyasini ko’rsatilgan elektron manziliga jo’natishi haqida kafolat beradi. Bu yo'lovchi va bagajni tashish shartnomasining xulosasi, shuningdek to'lovni tasdiqlovchi hujjati hisoblanadi.
4.11 Yo'nalish-kvitansiya foydalanuvchi ro'yxatga olish vaqtida, belgilagan elektron pochtasiga yuborilganidan so'ng, xizmat ko'rsatuvchining xizmatlari to'liq hajmda taqdim etilgan hisoblanadi.
4.12 Sayohat uchun beriladigan hujjatlardagi har qanday o'zgarishlarning shartlari ushbu ommaviy taklif, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, tariflarni qo'llash qoidalari, chet davlatlarning qonunlari va bitimga nisbatan qo'llaniladigan xalqaro huquq qoidalari bilan tartibga solinadi va foydalanuvchilarga jarima solinishi mumkin.
4.13 Rasmiylashtirilgan buyurtma belgilangan muddat ichida Foydalanuvchi tomonidan, buyurtmada ko'rsatilgan mavjud bo'lgan to'lov usullaridan biri bilan to'lanishi kerak. To'lov usullari xizmat ko'rsatuvchining ofislarida bank kartasi yoki naqd pul bilan to'lanishi mumkin. Qo'shimcha ma'lumotni
Saytdagi to’lov bo'limida topishingiz mumkin.
.
4.14 Buyurtma belgilangan muddat ichida to'lanmasa, u bekor qilinadi. Administrator va Xizmat Ko'rsatuvchining vakolatisiz buyurtmani to'lash muddati o'zgartirilishi mumkin, bu holda foydalanuvchi va yo'lovchilar oldindan ogohlantirilmasligi mumkin. Bekor qilingan to'lanmagan Buyurtmani yangi Buyurtmani yaratishdan tashqari qayta to'lov uchun qayta tiklab bo'lmaydi. Xizmat ko'rsatuvchi provayder bekor qilinganlarni almashtirish uchun yangi Buyurtmani qaytarish majburiyatini o'z zimmasiga olmaydi.
4.15 Buyurtirilgan hizmatlar bank kartasi orqali to’lansa u holda to’lov haqidagi ma’lumotlar Foydalanuvchining buyurtmasida ko’rsatilgan elektron manziliga yuboriladi. To'lov bank karta bilan amalga oshirilgandan so'ng, foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga bosib chiqarish uchun elektron aviachiptalar joylanadi.
4.16 Foydalanuvchi to’lovni bevosita hizmat ko’rsatish ofisida amalga oshirsa u holda to’lov haqidagi hujjat ham elektron manzilga, hamda shu zahotiyoq foydalanuvchiga taqdim etilishi mumkin.
4.17 Buyurtmaning narxi uni rasmiylashtirish vaqtida ko’rsatilgan narxga nisbatan ko’rilib o’z ichiga aviakompaniya chiptasi uchun belgilangan narx, aviakompaniyaning qo’shimcha to’lovlari, soliqlar, hamda ba’zida aviakompaniya hizmatlari uchun olinadigan summani oladi. 4.18 Buyurtma narxi o’zbek so’mida ko’rsatiladi.
4.18 Avichipta narxi aviakompaniya tomonidan istalgan vaqtda o’zgartirilishi mumkin o’zgarish haqidagi malumot zudlik bilan Saytda yangilanadi. Bu borada avval to’lov qilingan aviachipta narxi o’zgarmaydi. Administrator va Hizmat ko’rsatuvchi aviakompaniya tomonidan o’zgartirilgan aviachipta narxi uchun Foydalanuvchi oldida hech qanday ma’suliyat va javobgarlik olmaydi.
4.19 Bron qilish sistemasida aviachiptaning narxini belgilash bo’yicha Xizmat ko'rsatuvchining harakatlaridan qat'iy nazar xatolik kelib chiqqan bo’lsa, bu haqda Administrator Foydalanuvchiga zudlik bilan xabar beradi. Foydalanuvchi o’zgartirilgan narx borasida buyurtmani qabul qilishi yoki bekor qilishga haqli. 24 soat ichida Foydalanuvchi bilan bog’lanib qarorini bilish imkoniyati bo’lmasa u holda buyurtma Xizmat ko'rsatuvchi tomonidan bekor qilinadi.
4.20 O’zbekiston Respublikasing qonunchiligiga binoan voyaga yetmagan fuqarolarning chet elga chiqishida cheklanishlar mavjud. Uchish biometrik passport va undagi uchishga ruhsat stikeri hamda voyaga yetmagan shaxsni kuzatuvchisi ko’rsatilgan holatda uchishga ruhsat beriladi. O'zbekiston Respublikasining 15 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan fuqarolari, ota-onalarning yoki vasiylarning notarial tasdiqlangan roziligini olgan holda, chet elga kattalarsiz mustaqil ravishda borish huquqiga ega bo’ladi, agar uchib borayotgan mamlakatga kirish uchun viza talab qilinsa, vizaga ega bo'lishga majbur.
4.21 O'zbekiston Respublikasining 16 yoshgacha bo'lgan fuqarolari chet elga safar qilishayotganda biometrik pasportida “Ruxsat beruvchi” stikeri yopishtirilgan bo‘lishi va ichki ishlar organlarining hamrohlik qiluvchi shaxs haqida shtampi qo‘yilgan, unda hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak, shuningdek boriladigan davlatga viza talab qilinadigan bo'lsa kirish vizasi bo‘lishi kerak.
5. Chiptani qaytarish , almashtirish va bekor qilishni rasmiylashtirish.
5.1 Shartnomaning ko’rsatilgan 4.17. bo’limiga binoan Hizmat ko’rsatuvchi ko’rsatgan hizmatlari uchun qo’shimcha haq hamda chiptani buyurtma berish, chiptani qaytarish hamda almashtirish uchun qo’shimcha to’lov belgilashga haqli. Qo’shimcha to’lov miqdori hizmat ko’rsatuvchi aviakompaniya tomonidan belgilanadi. Servis to’lovlari odatda hizmat ko’rsatuvchining buyurtma narxiga qo’shilmagan bo’ladi, ammo ba’zi servis to’lovlari aviakompaniya tomonidan belgilanib chiptani qaytarish holatida Foydalanuvchiga qaytarib berilmasligi belgilangan.
5.2 Buyurtmaning barcha holati, ya’ni, chiptaning almashtirilishi, qaytarilishi yoki bekor qilinishi tashuvchining kelishuvi, reglamenti, tariflari, ushbu ommaviy ko’rsatma, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda xalqaro aktlarga binoan ravishda amalga oshadi.
5.3 Foydalanilmagan aviatashuv uchun qaytarilgan to’lov, to’lov qanday yo’l bilan amalga oshirilgan bo’lsa shu holatda qaytariladi (naqd, bank kartasi orqali)
5.4 Aviatashuvni bekor qilgan holatda Foydalanuvchi bekor qilish haqidagi so’rovini "Aviachiptani qaytarish shartlari " bo'limida qayd etilgan qoidalarga muvofiq taqdim etishi lozim. Qaytarilishi lozim bo'lgan miqdorni hisob-kitob qilish to'lovni qaytarish uchun ariza qabul qilingandan so’ng 3 soat ichida tarifning qo'llanilishi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi..
5.5 Texnik jarayonni inobatga olgan holda qaytarish summasi so’rov berilgan vaqtdan emas, so’rov qabul qilingan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Qo’shimcha ma’lumot uchun saytdagi Aviachiptani qaytarish shartlari bo’limida tanishishingiz mumkin.
5.6 Aviatashuvni almashtirish kerak bo’lganda Foydalanuvchi almashtirish to'g’risidagi so’rovini uchish vaqtidan 24 soat kech bo’lmagan vaqt ichida saytdagi ko’rsatilgan tartibda jo’natishi zarur. Ma’lumot uchun
Chiptani almashtirish
5.7 Chiptani almashtirish va qaytarish uchun olinadigan qo’shimcha to’lov faqat naqd pul yoki bank kartasi orqali to’lanadi.
5.8 Almashtirish va qaytarish mumkin bo’lmagan chiptalarga Saytdan harid qilingan va tegishli tarif bo’yicha qaytarish mumkin bo’lmagan aviachiptalar kiradi.
5.9 Buyurtmadagi istalgan yo’lovchining shaxsiy ma’lumotlari oz’gartirilishi buyurtmadagi kelishuvning buzilishiga, va faqatgina qayta buyurtma berish orqali tuzatilishi mumkin. Agarda buyurtma faqatgina bron qilingan bo’lib, to’lov amalga oshmagan bo’lsa u holda Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirishi uchun joriy brondi bekor qilib, yangi chipta chiqarishi mumkin. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirishda xizmat ko'rsatuvchi tomonidan talab qilingan ma'lumotlarni taqdim etishda xatolarga yo'l qo'ygan xatti-harakatlari bilan bog'liq barcha mumkin bo'lgan xatarlarni (yangi buyurtma berish, tariflarni o'zgarishi, aviabilet narxini o'zgarishi, pulni qaytarish va h.k.) o'z zimmasiga oladi.
6. Aviatashuvchilarning hizmatidan foydalanishning ba’zi xususiyatlari.
6.1 Administrator va Xizmat ko'rsatuvchi Foydalanuvchi tomonidan muntazam va charter reyslarni birlashtirganiga javobgar emas. Foydalanuvchiga ma'lum mamlakatlarda muntazam va charter reyslarni birlashtirishga yo'l qo'yilmaydi, buning natijasida yo'lovchilar Saytda sotib olingan chiptalar orqali uchish uchun ruxsat berilmasligi mumkin.
6.2 Bitta passajir uchun bitta parametr ma’lumotlari bilan (sana, yo’nalish, aviakompaniya, reys va boshqa) faqatgina bitta buyurtma rasmiylashtirilishi kerak, ikkita bir xil buyurtma bo’lmasligi kerak, aks holda aviakompaniya o'z ixtiyori bilan buyurtmani bekor qilish va "ikki tomonlama" bron qilishni amalga oshirgan yo'lovchilarga yo'l qo'ymaslik huquqini o'zida saqlab qoladi. Hizmat ko’rsatuvchi ikkita bir xil buyurtma aniqlanganda ularni bekor qilish huquqiga, ularning qanday oqibat olib kelishidan qat’iy nazar, ushbu 2 buyurtmadan bittasi to’lanmagan bo’lsa ham bekor qilishi mumkin.
7. Javobgarlik va shu kabi masalalar
7.1 Sayt Administratori saytning ishiga bog’liq bo’lmagan va sayt orqali boshqarib bo’lmaydigan texnik nosozliklarga javob bermaydi. Sayt Administratori saytdagi ma’lumotlarga uzluksiz ulanish va ma’lumot olishni ta’minlamaydi va texnik sozlash vaqtlariga aloqa bo’linishini mumkinligini ogohlantiradi.
7.2 Administrator Xizmat ko’rsatuvchi sifatida faoliyat ko’rsatmaydi.
7.3 Administrator Foydalanuvchi va Xizmat ko’rsatuvchi kompaniya o’rtasida vositachi bo’lib aviachiptalarni izlash, buyurtma berish, ma’lumot olish va xarid qilish borasidagi barcha hizmatlarni http://abquick.uz Sayti orqali amalga oshiradi.
7.4 Sayt ma’muriyati va hizmat ko’rsatuvchi, o'z vakolati doirasidan tashqaridagi voqealar va holatlar, shuningdek uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgarlik bermaydi, bular:
-
o’z bo’yniga olgan majburiyatlarni bajara olmaslik, ma’lumotlar va hujjatlar yetishmasligi, vaqtida yetkazilmasligi va asliga to’g’ri bo’lmagan holatda, yoki Foydalanuvchi Xizmat ko’rsatuvchining talab etilgan shartlarini bajara olmasligi va hujjatlarini taqdim eta olmasligi oqibatida.
-
Foydalanuvchining O'zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan chet elga chiqish va kirishga bo’lgan taqiq natijasida.
-
Chet davlatlarning konsullik va viza bo'limlari harakatlariga, shu jumladan viza berish muddati cho’zilganligi, berilmasligi yoki boshqa sabablarga ko’ra.
-
O'zbekiston Respublikasining konsullik va viza bo'limlari harakatlariga, shu jumladan viza olish muddatini kechiktirilishi, rad etilishi yoki berish sanasi o'zgartirilishi uchun.
-
Aviatashuvchilarning harakatlari uchun (o’zgartirish, bekor qilish, ko’chirish, reysning ushlab qolinishi, poezd, avtobus va boshqa transportlarning, chiptaning narxi o’zgarishi, tarifning sotuvdan olib tashlanishi, to’langan va to’lanmagan buyurtmalarning bekor qilinishi) bagaj va yukning saqlanishi, yo’qotilishi va shikast yetkazilishi uchun, qimmatli buyumlar va hujjatlar uchun butun sayohat davomida javob bermaydi. Bunday hollarda havo kemalari xalqaro qoidalarga va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq yo'lovchilar oldida javobgar bo'ladi. Yo’lovchilarning da’volari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro tashish qoidalari, shuningdek xalqaro huquq me'yorlari asosida tashuvchilar tomonidan ko'rib chiqiladi.
-
Bojxona va immigratsiya hodimlarining hatti-harakatlari uchun.
-
Foydalanuvchining bojxona va chegaradagi o’rnatilgan tartibni buzish holatida, chegarani kesib o’tishda hamda bagajni olib o’tish jarayonida noqonuniy hatti-harakatlari uchun hamda vaqtinchalik turar joyidagi maxsus qoidalarni buzish oqibatida.
-
Foydalanuvchining reysga ro’yxatdan o’tishida kelmasligi va kech qolib kelishi uchun.
-
Foydalanuvchining chet elga chiqish stikeri bo’lmasligi, hujjatlar to’liq bo’lmasligi hamda 18 yoshga yetmagan fuqaroning kuzatuvchisiz bo'lgani yoki taaluqli hujjati yo’qligi uchun.
-
Foydalanuvchining Aviatashuvchi tomonidan belgilangan samolyot bortida o’zini tutish odobiga rioya qilmasligi uchun.
-
Foydalanuvchi tomonidan hujjatlarning to’gri rasmiylashtirilishi, asliga to’gri bo’lishi hamda ulardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi uchun sayt Administratori va Xizmat ko’rsatuvchi javob bermaydilar.
7.5 Foydalanuvchilarni chet el davlatlariga, shu jumladan: Hindiston, Tailand, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Malayziya, Pokiston, Buyuk Britaniya, Italiya, AQSh, Frantsiya, Singapur, Isroil, Yaponiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarga kirish va chiqish qoidalari haqida ogohlantiramiz. Bu kabi davlatlarga sayohat qilayotganlar uchun qaytish chiptasini olish zarurati borligini eslatamiz (istisno tariqasida, 12 oydan ortiq muddatga berilgan mehnat yoki talabalik vizasi bo'lgan fuqarolar va rezidentlar). Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi bilan viza rejimi bo'lgan davlatlarga kirish uchun viza olish majburiyati borligini qayd etamiz. MDH mamlakatlariga qisqa muddatli kirish vizasiz amalga oshirilishi mumkin, ammo vizasiz qolish muddatlari mamlakatlarning ikki tomonlama kelishuviga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining jo'nab ketish va joylashish qoidalari haqida quyidagi O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligining saytida topishingiz mumkin:
https://mfa.uz/ru/consular/nobio/
7.6 Foydalanuvchi mamlakatga kirish uchun hujjat topshirish tartibi (pasportlar, vizalar, chiqish stikerlarini olish va boshqa kerakli hujjatlar) bilan tanishish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
7.7 Foydalanuvchining saytdan foydalanish qonun-qoidalari buzishi oqibatida, sayt Administratori Foydalanuvchiga saytdan foydalanishda cheklanishlar yoki saytdan sabab ko’rsatmasdan chetlatish huquqiga ega.
7.8 Saytdan boshqa maqsadda foydalanayotgan Foydalanuvchini sayt Administratori ro’yxatdan o’tishini bekor qilish va akkauntini yopish huquqiga ega.
8. Maxfiylik hamda shaxsiy ma’lumotlar saqlanishidagi siyosat
8.1Saytdan foydalanar ekansiz, undagi barcha qonunlar bilan tanish ekanligiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma’lumotlar saqlanishi haqidagi qoidalarni bilishingizni tasdiqlaysiz.
8.2 Maxfiylik siyosati Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash to'g'risidagi kelishuvni tashkil qiladi va ushbu ommaviy ko’rsatmaning ajralmas bir bo’lagi hisoblanadi.