Mijozlar Xizmati: +998 71 205 53 30

Aviachiptani qanday almashtirsa bo'ladi?

Buni amalga oshirish uchun Foydalanuvchi quyidagilarni bajarishi zarur:

  • Foydalanuvchi chiptani almashtirish to’g’risidagi so’rov bilan uchish vaqtidan 24 soat kech bo’lmagan vaqt ichida murojaat qilishi zarur, “Mening buyurtmalarim” bo’limida.

  • Buyurtma sahifasida almashtirilishi kerak bo’lgan chiptani “Chipta almashtirish” tugmasiga bosiladi.

  • Ochilgan yangi oynada Foydalanuvchi almashtirish kerak bo’lgan birlamchi yo’nalishni va passajirlarni belgilaydi.
  • Undan so’ng Foydalanuvchi yangi sana va reysni tanlaydi, almashtirish hisobi va to’lovi shu reysdan olinadi.

  • Sayt almashtirish jarayoni davomida barcha to’lov va jarimalarni hisoblab o’sha vaqt hisobidan aniq summa belgilaydi.

  • Almashtirish to’lovi amalga oshgandan so’ng buyurtma kuchga kiradi va Foydalanuvching sahifasida ma’lumotlar yangilanadi.



Odatda, aviachiptalarni almashtirish 3 soatgacha vaqt oladi, ammo bu vaqt ba’zida aviakompaniyalarga qo’shimcha so’rov yuborish va javobini kutish hisobiga cho’zilishi ham mumkin.

Agar yuqoridagi variant Foydalanuvchini qoniqtirmasa, unda markaziy ofisga murojaat etish mumkin MCHJ “DON AVIA TRANS” manzil: Toshkent shahri, Nukus ko’chasi 72/2 (mo’ljal Rossiya elchixonasi), mutaxasis bilan birgalikda qulay bo’lgan variantni tanlab to’lovni naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirishi mumkin. Hizmat ko’rsatuvchi mijozga kunduzgi vaqt murojaat qilishni tavsiya qiladi, chunki almashtirish jarayoni ish soatlari tugamagan hamda operatorlar aviakompaniya bilan bog’lanishlari uchun qulay vaqtni tanlagan bo’ladilar.

Almashtirish bo’yicha qo’llab-quvvatlash markazimiz yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Toshkent vaqti bilan ishlashini ma’lum qilamiz. Boshqa istalgan vaqtda mijoz o’z so’rov arizasini qoldirib, kelasi kun uning javobini olishi mumkin. Foydalanuvchi shoshilinch murojaati bilan bevosita aviatashuvchining o’ziga ham bog’lanishi mumkin.

Ushlab qolish va jarima shartlari. Tarif bo’yicha chiptalarni almashtirish mumkin bo’lgan holda, bu ma’lumot buyurtmachining abquick.uz saytida bron qilish jarayonidagi 2-bosqichida “Mening buyurtmalarim” sahifasida batafsil ma’lumotlar keltirilgan bo’ladi, almashtirish qo’shimcha to’lovning to’lanishi bilan amalga oshadi. Bunda qo’shimcha to’lovlar:

  • Aviakompaniya to’lovi (agarda ular tarifda ko’rsatilgan bo’lsa);

  • Qimmatroq ta’rif uchun qo’shimcha to’lov (zarurat tug’ilganda);



Oxirgi aniq narx faqatgina almashtirish buyurtmasi amalga oshgan vaqtga nisbatan belgilanadi, chunki aviachiptalarning sistemadagi o’rni va bron qilinishi tezlik bilan almashinib turadi.

Zarur hujjatlar Almashtirish jarayonini amalga oshirish uchun Foydalanuvchiga quyidagilar zarur bo’ladi:

  • Chop etilgan yo’nalish-kvitansiyasi (kassir Foydalanuvchining faqatgina ism familiyasi va reys raqami bo’yicha buyurtmasini topa olmaydi);

  • Chipta buyurtma berilgan passport.

Aviakompaniya qonun-qoidalariga binoan buyurtmachi shaxsan o’z hujjatlari bilan kompaniyaga murojaat etishi lozim, ammo ba’zi holatlarda buyurtmachining ishongan kishisi hujjatlarning asl nusxasi yoki notariusda tasdiqlangan ishonchnoma qog’ozi bilan murojat qilishi mumkin. Bu shartlarni oldindan aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.

Almashtirishning 5ta zarur qoidasi
  • Ba’zi hollarda chiptani almashtirish, yangi chipta sotib olish va qaytarib berishdan ham qimmatroqqa tushishi mumkin. Bu haqda o’ylab ko’rib, solishtirgan holda qaror chiqarishingizni tavsiya qilamiz.
  • Aviachiptani almashtirish aynan bitta aviakompaniya doirasida amalga oshiriladi. Masalan siz “Aeroflot” aviakompaniyasidan sotib olgan chiptangizni “UTair” aviakompaniya reysiga almashtirishingiz mumkin emas.
  • Aviachiptani almashtirish ushbu chiptaning tarif qoidalari doirasidagina qo’llanishi mumkin (bu ma’lumotlar batafsil abquick.uz sayting buyurtma berish jarayonidagi 2-chi va 3-chi qadamida, keyinchalik “Mening buyurtmam” bo’limida ko’rsatilgan).
  • Almashtirishni amalga oshirish uchun sizni qiziqtirgan keyingi reysda bo’sh o’rinlar bo’lishi shart. Ba’zida bosh o’rinlar umuman bo’lmasligi mumkin. Agar tarif shartlariga ko'ra, chipta almashtirish faqat ushbu tarif bo'yicha ruxsat berilsa, bo'sh joy mavjud bo'lsa ham almashinuvni boshqa tarifga amalga oshirib bo'lmaydi.
  • Aviachiptani almashtirish har doim qo’shimcha to’lov bilan bajariladi.