Abquick.uz saytida bron qilingan chiptalarni buyurtma qabul qilingandan so’ng Uzcard bank kartasi orqali saytning o’zida yoki hizmat ko’rsatuvchi ofisda naqd pul yordamida to’lovni amalga oshirishingiz mumkin. Sayt O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan kartalar orqali to’lovni qabul qiladi. Agar karta orqali to’lovni amalga oshirish vaqtida muammolar yuzaga kelsa, saytda bu muammo nima bilan bog’liqligi aniqlanib tegishli qo’llab-quvvatlar markaziga murojaat etish tavsiya etiladi.
Bank kartasi orqali to’lovni amalga oshirish uchun buyurtma bo’limda bank kartasi yordamida to’lashni tanlab “To’lov” tugmasi bosiladi. Havfsiz ulanish orqali, foydalanuvchi buyurtma qilgandan so’ng saytda belgilangan vaqt ichida to’lovni amalga oshirishi zarur. To’lov miqdori buyurtmani tasdiqlashda ko'rsatilgan miqdorda to'lanadi.
Hatolarning oldini olish maqsadida, bank kartasi yordamida to’lovni amalga oshirishdan avval kartada yetarli mablag’ borligini va hizmat ko’rsatuvchi bank internet orqali haridlarni amalga oshirishni Foydalanuvchi vakolatlariga kirgizganini tekshirib ko’rish tavsiya qilinadi.
Agar foydalanuvchi aviachiptani do’stlari yoki yaqinlari uchun harid qilmoqchi bo’lsa, u holda foydalanuvchi bemalol bu amalni o’z bank kartasi orqali amalga oshirsa bo’ladi, karta egasi va chipta olingan shaxs ismlari bir xil bo’lishi talab etilmaydi.
Bank kartasi orqali qilinadigan to’lovlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sayt SSL xavfsizlik tizimi orqali himoyalangan. Pul ko’chirish hamda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari xalqaro standarlarga mos ravishda yopiq shifrlangan PCI DSS standartiga binoan amalga oshiriladi.
Maxfiy ma’lumotlarni o’tkazish jarayoni ham xalqaro standartlarga mos ravishda bo’lib, sayt administrator bu ma’lumotlarni ko’rish imkoniyatiga ega emas (karta kodi, karta raqami).
To’lovni qancha vaqt ichida amalga oshirish kerakligi haqida ma’lumot aviakompaniya tomonidan buyurtma shartlari tog’ri to’ldirilgandan so’ng taqdim etiladi. Bu vaqt buyurtma berilgandan so’ng 30 daqiqadan 24 soatgacha bo’lishi mumkin. Iltimos, to’lovni naqd pul bilan amalga oshirish uchun ofisga o’z vaqtida kelishingizni so’raymiz.
To’lovni amalga oshirish uchun foydalanuvchi bron kodini bilishi zarur, bron kodi buyurtma amalga oshganidan so’ng beriladi. Kodni yozib olishingiz yoki buyurtma berish sahifasida maxsus “Mening buyurtmalarim’ bo’limidan chop etishingiz mumkin. Agar foydalanuvchi do’stlari va yaqinlari uchun chipta harid qilayotgan bo’lsa, ofis hodimlariga chipta egasi va foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etishi lozim.
To’lov naqd pul yoki bank kartasi orqali hizmat ko’rsatish ofislarini g’aznasida to’lanadi, g’aznachi (kassir) buyurtma raqamingizni tekshirib yo’nalishlaringiz aytib o’tadi agar barcha ma’lumotlar tog’ri bo’lsa, unda to’lov amalga oshiriladi.