Aviachiptani qaytarish shartlari
Ishlatilmagan aviachiptalar pulini qaytarib olish uchun quyidagi shartlar abquick.uz sayti orqali amalga oshiriladi:
-
Qaytarib olish turini aniqlab olish. Tur tanlashda aviachiptani qaytarilishi sabablari inobatga olinadi (o’z xohishingiz bilan yoki majburiy)
-
“Mening buyurtmalarim” bo’limida, buyurtirish sahifasidagi “Chiptani qaytarish” bilan belgilangan tugma bosiladi.
-
Ochilgan sahifada siz qaytarmoqchi bo’lgan chipta yo’lovchilari hamda ma’lum reys tanlanadi, unga taaluqli barcha bo’limlar to’ldiriladi. Pasport nusxasi taqdim etiladi. Agar joylar oldindan qaytarilgan va/yoki kompaniyaning mahsus belgilari ko’rsatilgan bo’lsa uni skanerga tushurish orqali nusxasini ilova qilishingiz mumkin.
-
Sahifadagi status "Ishga qabul qilingan" statusiga o’zgarishini kutib turiladi, ya'ni so'rov sayt operatorlari tomonidan qabul qilinadi (so’rovlar yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Toshkent vaqti bilan qabul qilinadi).
-
"Hisob bajarildi" so'rovi holatidagi o'zgarish paydo bo'lguncha kutiladi (Biz qaytarish hisob-kitobini 3-soat ichida amalga oshirishga harakat qilamiz, ammo ba’zida bu jarayon ko’proq vaqt talab qilishi mumkin sababi aviakompaniyaga jo’natilgan so’rovimiz javobi kutiladi).
-
Foydalanuvchi shaxsiy kabinetda pul mablag'larini qaytarishga rozilik beradi, bundan oldin shaxsiy pul yoki shaxsiy plastik karta bilan to'langan aviachiptalarni qaytarib olish uchun administrator tomonidan yuborilgan arizani to'ldiradi va bosib chiqaradi.
-
Foydalanuvchi pasport nusxasini va agar karta orqali chipta sotib olingan bo’lsa kartaning nusxasini biriktirib, agentning savdo ofisiga murojaat qilishi kerak.
-
Foydalanuvchi pasport nusxasini va agar karta orqali chipta sotib olingan bo’lsa kartaning nusxasini biriktirib, agentning savdo ofisiga murojaat qilishi kerak.
-
Pulni qaytarib olish to’lov qanday amalga oshirilgan bo’lsa shu yo’l bilan qaytariladi
Diqqatingizni “qaytarish amali” qayta bekor qilinmasligiga qaratamiz.
Arizangizni qabul qilganimizda, qaytarish shartlari bilan tanishgan bo’lishingiz shart.
E’tibor bering! Qaytarish shartlari bo’yicha qo’llab-quvvatlash markazimiz yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Toshkent vaqti bilan ishlashini ma’lum qilamiz.
Agar sizda shoshilinch murajaat bo’lsa, Aviatashuvchiga murojaat qilishingizni maslahat beramiz.
O’z xohishi hamda majburiy qaytarish shartlarining farqlari
Agar chiptani qaytarish passajirning o’z xohishi bilan amalga oshirilib, ko’rsatilgan sabab aviakompaniya tomonidan uzrli sabab bo’lib hisoblanmasa, qaytarish turi o’z xohishi bo’yicha deb hisoblanadi. O’z xohishi asosida qaytarish sabablaring eng asosiylari quyidagilar:
-
Sananing noto’g’ri belgilanishi, shaxsiy ma’lumotlarning noto’g’ri kiritilishi va boshqa abquick.uz saytida chipta sotib olish jarayonida shaxsan qilingan xatolar;
-
Jo’nab ketish sanasining o’zgarishi (ish safari);
-
Rejalarning o’zgarishi (shunchaki fikrini o’zgartirish, poezdda ketishni tanlash);
-
Shaxsiy sabablar (imtihon, oiladagi kelishmovchiliklar, uzoq qarindoshining kasalligi yoki o’lim holati)
Bunday hollarda chipta qaytarish sababini ko’rsatish shart emas, shunchaki so’rovingizda qaytarish turini “O’z xohishi bilan” turini tanlash yetarli.
Qaytarish passajirga bog’liq bo’lmagan holatda uchishni bekor qilinishi yoki rad etish, qoidaga muvofiq, hech qanday qo’shimcha to’lov va jarimalarsiz amalga oshiriladi. Aviatashuvchiga qarab bu va’ziyatga quyidagilar sabab qilib ko’rsatilishi mumkin:
-
Reys ushlab qolinishi (ushlab qolinish vaqti aviakompaniya tomonidan belgilanadi),
-
Reysning bekor qilinishi yoki ko’chirilishi;
-
Aviatashuvchi tomonidan tashish yo’nalishi o’zgartirilishi;
-
Reysda joylarning yo’qligi;
-
Tanlangan klass bo’yicha passajirga hizmat ko’rsatmaslik;
-
Aeroportdagi tekshiruvda asossiz kechiktirish (agar natijada tashish uchun taqiqlangan moddalar yoki narsalar topilmasa va tegishli sertifikat berilgan bo'lsa);
-
Tashuvchi tomonidan passajirga nisbatan tashish hizmatidan bosh tortish (bortda o’zini noqonuniy tutish holati kuzatilmasa);
-
Passajirning o’lim holati yoki yonidagi yo’lovchining o’limi (ularga yaqin qarindoshlar, turmush o’rtog’i, bolalari (boqib olinganlari ham), ota-onasi tarifda ko’rsatilgan yana boshqa holatlar ko’rsatilmagan bo’lsa);
-
Passajirning yoki uning oila a’zolaridan birining kasalligi (u bilan birgalikda reysda uchuvchi) ba’zi aviakompaniyalargina ushbu holatni uzrli sabablarga kiritadi va tasdiqlovchi hujjatlarni juda jiddiy nazorat ostida tekshirishadi
-
Viza olishda rad javobini olish (ushbu holat ham ba’zi aviakompaniyalargina uzrli hisoblanib, elchixona tomonidan asl nusxada, notarial tarjimasi bilan taqdim etilgan hujjat asosidagina qabul qilinadi);
Agar sizning sababingiz yuqoridagi ko’rsatilgan holatlardan biri bo’lmasa unda sizga aviakompaniya tashuvchisiga murajaat qilish va aniqlik kiritish tavsiya etiladi. Har qanday noananaviy yoki tushunarsiz holatda ham biz aviakompaniyaga so’rovnoma jo’natamiz. Ammo ko’rib chiqish va javob berish muddati qaytarishning “o’z xohishi bilan” turiga ham kechikish holatini keltirishi mumkin.
Ushlab qolish hamda jarima solish shartlari.
Sizni qaytarib olish shartlari ariza qabul qilingan vaqtni emas arizangiz ko’rib chiqilish vaqti inobatga olinishini to’g’ri tushunishingizni so’raymiz. Qaytarilish summasi ham aynan ariza ko’rilib chiqayotgan vaqt hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun qaytarish haqidagi arizani imkoni boricha tez muddatda taqdim etishga harakat qiling.
Pulni qaytarish turi aniqlangandan so’ng har bir qaytarilayotgan chiptadan ma’lum miqdorda mablag’ ushlanib qolinadi. Ushlab qolinayotgan summa Sotuvchi kompaniya hizlmatlaridan tashqari chipta qaytarilib olinayotgan muddatga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, qaytarish muddati uchib ketish sanasidan
3 kun, 24 soat, 12 soat yoki 3 soat farq qilishiga qarab turli kompaniyalarda turlicha ta’riflar belgilangan.
O’z xohishi bilan qaytarilayotgan chiptalardan quyidagi qo’shimcha to’lovlar yechib olinadi:
-
Sotuvchi kompaniyani hizmatlari uchun to’lov, buyurtma berilgan chipta to’lovidan;
-
Soliqlar yig’imi (uchuvchi har bir segment uchun);
-
Foydalanilgan uchish segmenti uchun (yoki segmentlar), agar tashish qisman amalga oshirilgan bo’lsa. Diqqat qiling, chipta narxining qisman qaytarilishi uning yarim narxi degani emas, bu farq “bir tarafga” uchish summasi hisobidangina olinadi;
-
Aviakompaniya chipta qaytarilishi uchun qo’shimcha to’lovi,agarda tarifda ko’rsatilgan bo’lsa.
Qaysi aviakompaniyani tanlashingizdan qat’iy nazar uning ta’rif shartlari hamda qaytarib olish shartlarini obdon o’rganib chiqing. abquick.uz saytida bu ma’lumotlar buyurtirish etapining 2-pog’onasidayoq taqdim etiladi. Shu bilan birgalikda bu ma’lumotni “Mening buyurtmam” safisidan ham olishingiz mumkin.
Ba’zida chiptani qaytarib berish jarayonida aviakompaniyaning ushlab qolish va jarima solish shartlari chipta qiymatidan katta summa ushlab qolinishi, ba’zida esa chiptani umuman qaytarib berilmasligi shartlari ko’rsatilgan bo’ladi. Shuning uchun biz mijozlarimizga sotib olish va buyurtirish vaqtida aviakomponiya shartlari bilan obdon tanishishni hamda aynan shu muddatda uchib keta olish imkonini o’ylab ko’rishi haqida ogohlantiramiz. Chunki “qaytarish” amali bekor qilinmasligi mumkin.
Chiptani majburiy qaytarishda ushlab qolinadigan yo/yoki qo’shimcha olinadigan to’lovlar:
-
Buyurtma berilgan chipta to’lovidan, sotuvchi kompaniya hizmatlari uchun to’lov.
Zarur hujjatlar
Chiptani majburiy qaytarish jarayonida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-
Yo’nalish-kvitansiya bekor qilish/ushlab qolinish belgisi bilan,
-
Kasallik varaqasi
-
O’lim hujjati, qarindoshlilik hujjati va boshqa tasdiqlochi hujjatlar – majburiy uchmasligini sababi ko’rsatiladi.
Boshqa hujjatlar (yo’nalish-kvitansiyasi nusxasi belgilarsiz, pasportning barcha sahifalarining nusxasi, karta yoki to’lov haqidagi ma’lumotlar nusxalari) ko’rsatilishi shart emas.
So’rovingizni ko’rib chiqish jarayonida qo’shimcha savollar yoki taqdim e’tilgan hujjatlaringiz haqida qo’shimcha ma’lumot zarurati tug’ilsa, ularni aniqlash uchun bizning operatorlarimiz siz bilan bog’lanadi. Ba’zi holatlarda passajir tomonidan vaziyatni to’laqonli aks ettirish uchun qo’shimcha ariza yoki taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalari aviakompaniyaga taqdim etilishi uchun zarur bo’lishi mumkin.
Hizmat ko’rsatuvchi barcha vaziyatni o’rganib chiqqan holda albatta passajirning foydasini ko’zlab ish tutishga harakat qiladi, ammo talab qilingan hujjatlarning taqdim etilmasligi yoki taqdim etishni rad qilish chiptani qaytarib olmaslikning sababiga aylanishi mumkin.
Chiptani qaytarish haqidagi so’rovni ko’rib chiqish hamda pulni qaytarish muddati
Chiptani qaytarish to'g'risidagi ariza
"Ishga qabul qilingan" deb o'zgartirilgandan so'ng
3 soat ichida ko'rib chiqiladi, shuning uchun arizani yuborishni kechiktirish talab qilinmaydi, ammo ba’zida bu jarayon vaziyatni aniqlashtirish va shartlar bilan tanishish uchun aviakompaniyaga mahsus murojaatlar uchun ko’proq vaqt talab etilishi mumkin.
So’rov berishda barcha da’vo shartlariga rioya qilinsa, aviakompaniya javobi rasmiy ravishda
2-xafta chamasida, alohida holatlarda esa
1-2 oy vaqt olishi mumkin. Passajirlarning bevosita shaxsan aviakompaniyaga murojaat etishlari bu jarayonni tezroq amalga oshishini ta’minlashi mumkin, ammo ko’p hollarda rasmiy ko’rsatilgan muddat kutilishi kerak bo’ladi.
So’rov ko’rib chiqilganidan so’ng qaytarilishi kerak bo’lgan pul miqdori belgilanadi. Mablag’ bank ish kunlari
1 dan 30 kungacha bo’lgan muddatida, to’lov amalga oshirilgan turiga qarab qaytarib beriladi:
-
Plastik kartaga pul: 3 kundan 30 kungacha bo’lgan muddatda qaytariladi (bank emitentiga qarab)
-
Naqd pul bilan amalga oshirilgan to’lov qaytarilishi chipta sotilb olingan ofis bo’limida qaytarib olinadi.
Chipta qaytarishning 5 ta asosiy qoidasi
-
Biz faqatgina ishlatilmagan uchish tomoni tashuvini bekor qilishimiz mumkin. Masalan, siz reysga ro’yxatdan o’tishni amalga oshirdingiz (aeroportda, yoki online mobil registratsiya orqali), ammo uchib ketmadingiz, unda ro’yxatdan o’tganingizni bekor qilib aviakomponiya tomonidan tasdiqlatib olishingiz kerak, Sistema statusida “foydalanilmagan” deb belgilanishi shart. Aks holda biz qaytarish jarayonini boshlay ham olmaymiz.
-
Agarda siz qaytarish amalini bevosita aeroportda amalga oshirgan bo’lsangiz, iltimos, kassirdan sizni yo’nalish-kvitansiyasini bekor qilish vaqtida qaytarish belgisini qo’ydiring va ushbu status sistemada ham muvofiq kelganini tekshiring. Aks holda bu qo’shimcha jarima solish holatini keltirib chiqarishi mumkin.
-
Aviatashish va mablag’ni qaytib olish haqidagi qaytarish so’rovini bilet olingan kishi shaxsan o’zi yoki notarial ishonchnomasi bo’lgan vakil amalga oshirishi mumkin.
-
Qaytarish haqidagi so’rovingiz sizni barcha shartlar bilan tanishganligingiz hamda ushbu so’rovnoma bizga tushgandan boshlab ushbu jarayonni qaytarish iloji yo’qligini bildiradi.
-
So’rovingiz Mening buyurtmam sahifasida “Qabul qilindi” statusida turgan holatdagina ko’rib chiqilayotganini bildiradi. Agar 3 soat ichida sizning statusingiz o’zgarmasa, zudlik bilan bizga ulanishingizni so’raymiz. Sizning so’rovingiz bizgacha yetib kelmagan bo’lishi mumkin.