Mijozlar Xizmati: +998 71 205 53 30

Ko'p so'raladigan savollar

To’g’ri sistema tartibiga ko’ra siz bitta buyurtmada chegaralangan kishi soniga buyurtma bera olasiz. 10 va undan ortiq yo’lovchi uchun siz 2 va undan ortiq buyurtma berishingizga to’g’ri keladi.

Chipta uchun belgilangan narxning turli saytlarda har xil narxda bo’lishi quyidagi sabablarga bog’liq:

  • Foydalanilayotgan bron sistemasi,

  • To’lov uchun belgilangan valyuta birligi hamda uni kurs bo’yicha hisoblanishi,

  • Saytda mavjud u yoki bu tariflar, shu bilan birga web tariflar ham,

  • Qo’shimcha to’lovlar yig’ilishi (masalan, hizmat ko’rsatuvchi aviakompaniyaning to’lovi yoki bank kartasi yordamida amalga oshirilgan to’lov),

  • Alohida chegirmalar, bonuslar va qo’shimcha shartlar mavjudligi.

Shuning uchun ham turli saytlarda turlicha narx ko’rsatilishi, uning bazida qimmatroq ba’zida esa arzon bo’lishini taqazo etadi.

Ha bunday buyurtmani amalga oshirishingiz mumkin, ammo buyurtma 2 bosqichda bo’lishi, dastlabki buyurtmada 1 tomonga katta kishi uchun chipta buyurtirib, qaytish buyurtmasiga 1 katta 1 kichik uchun joy olasiz.

Aviatashuvchilarning qoidasiga ko’ra 2 yoshga yetmagan bolalar uchun 1 ta joysiz chipta beriladi, albatta ikki go’dak ota yoki onasining qo’ynida joylashishi mumkin, ammo qoidaga ko’ra ikkinchi bola uchun alohida joy olishingiz kerak bo’ladi.

Mumkin, agarda bolani aynan shu reysda uchayotgan voyaga yetgan kishi kuzatib borsa. Ko’plab aviakompaniyalar voyaga yetmagan bolalarni kattalar nazoratisiz, yoki kuzatuvchisiz uchishiga ruhsat bermaydilar. Shunga qo'shimcha O'zbekiston Respublikasining 15 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan fuqarolari, ota-onalarning yoki vasiylarning notarial tasdiqlangan roziligini olgan holda, chet elga kattalarsiz mustaqil ravishda borish huquqiga ega bo’ladi.

Foydalanuvchi abquick.uz saytida buyurtmani shakllantirganida, chiptaning narxi oxirgi narx hisoblanib, bundan ortiq to’lov talab qilinmaydi. Faqatgina bagajda belgilangan ortiqcha kilo uchun to’lov olinishi mumkin.

Bu aviakompaniyalar o’rtasida tashuv bo’yicha o’zaro kelishuv borligini anglatadi (code-share), unga binoan 2 aviakompaniya bitta reys uchun chipta sotadi, tashuvni esa ulardan biri amalga oshiradi. Ammo tashuv shartlari yo’lovchi tanlagan aviakompaniya shartlari bo’yicha amalga oshadi, ikkinchi aviakompaniyada (yuk kilosi kamroq belgilangan bo’lsa) bu shart yo’lovchi uchun tegishli bo’lmaydi.

Abquick.uz sayti bron qilish sistemasiga ulangan bo’lib eng mutanosib va arzon narxni buyurtma berish vaqtiga nisbatan belgilaydi. Aviakompaniyalar bir necha sistemalar bilan ishlagani uchun narxlar chiptalar sotilishiga qarab o’zgarib, yangilanib boradi. Shuning uchun sizga ma’qul bo’lgan narxdagi buyurtmani kechiktirmay amalga oshirishingiz maqsadga muvofiq.

Aviakompaniya hizmat ko’rsatuvchi saytlar uchun maxsus tariflar joriy etgan. Ba’zi kompaniyalarda esa 1 kun qolganda online tarzida chipta sotib olish mumkin bo’lmaydi. Qanday bo’lmasin, bizning saytimizdan harid qilingan chipta haqiqiy bo’lib hech qanday muammolar keltirib chiqmaydi.

Chiptada ko’rsatilgan uchish va qo’nish vaqtlari doimo mahalliy vaqt hisobi bilan ko’rsatilgan bo’ladi.

Abquick.uz saytida eng kami uchishgacha 24 soat qolganida chipta buyurtirishingiz mumkin, odatda ro’yxatdan o’tish reys boshlanishidan 40 daqiqa avval yopiladi.

Afsuski, ba’zan shunday holatlar uchrab turadi. Shu bilan birga aviakompaniya hizmat ko’rsatuvchi saytlarni bunday o’zgartirishlar haqida ogohlantiradi, sayt hodimlari o’z navbatida kiritilgan o’zgartirishlar haqida zudlik bilan buyurtmachiga xabar beradilar.

Qaytarish va alishtirish shartlari hizmat ko’rsatuvchi sayt tomonidan aviakompaniya qanday ko’rinishda belgilagan bo’lsa shu ko’rinishini taqdim etadi. Hizmat ko’rsatuvchining bu ma’lumotlarga o’zgartirish kiritishga haqqi yo’q (bu buyurtmachi uchun tushunishni oson qilsa ham), ammo buyurtmachida savollar tug’ilsa qo’llab-quvvatlash markazida barchasiga javob topa oladi.

Qo’llab-quvvatlash markazi sizga bron qilish shartlarini bosqichma-bosqich tushuntirib berishi mumkin ammo, sizning nomingizdan onlayn tarzida buyurtma bera olmaydi. Agar, foydalanuvchi savdo ofisiga murojaat qilsa, u yerda foydalanuvchiga istalgan variantni topib chiptani yozib berishi mumkin.