Mijozlar Xizmati: +998 71 205 53 30

Maxfiylik siyosati

Abquick.uz sayti foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash haqidagi kelishuv
Umumiy holat
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash haqidagi ushbu haqiqiy kelishuv (keyinchalik - Kelishuv), “Aviarailtrip” xussusiy korxonasi, yuridik shaxs sifatida O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga binoan 22.11.2017y. ro’yxatga olingan bo’lib, ro’yxatdan o’tganligi haqidagi, guvohnoma raqami № 555014, pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, Yunusobod dahasi, C-4, 33/2 uy (keyinchalik Administrator) sayt foydalanuvchilariga http://abquick.uz domeni orqali (keyinchalik - Sayt) manzili bo’yicha Foydalanuvchilarga aviachiptalarni izlash hamda xarid qilish bo’yicha hizmat ko’rsatadi.

Diqqat: http://abquick.uz avichiptalarni buyurtma qilish hamda sotish xizmatlarini amalga oshiradi. Administrator Xizmat ko’rsatuvchi sifatida faoliyat olib bormaydi. Administrator Foydalanuvchilarga yuzaga kelgan har qanday muammo va savollariga yechim topishda hamda bevosida Xizmat ko’rsatuvchi kompaniya bilan aloqa bog’lashda yordamlashadi.

Kelishuv - ushbu hujjat barcha qo’shimchalari, o’zgartirishlari va ko’rsatilgan majburiyatlari bilan, Foydalanuvchi hamda Abquick.uz sayti o’rtasidagi shartnoma hisoblanadi.

Sayt - avtomatlashtirilgan va ma’lumotlashtirilgan Internet tarmog’ining www.abquick.uz manzili bo’yicha aviachiptalar haqida ma'lumot qidirish, ularni bron qilish va sotib olish platformasi, shuningdek buyurtmachi va xizmat ko’rsatuvchi o’rtasidagi aloqa vositasi.

Foydalanuvchi - foydalanuvchi tushunchasi ostida 18 yoshga kirgan voyaga yetgan jismoniy shaxs tushunilib, u o’z navbatida hizmat ko’rsatuvchi bilan oldi-berdi munosabatlarini amalga oshirish huquqiga ega, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 3 bo’limiga binoan, saytning hizmatlaridan foydalangan holda shaxsiy va uy ehtiyojlari uchun xususiy tadbirkorlik qilmagan holda buyurtma qilishi mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlar - istalgan ma’lumot, buyurtmachiga aloqador u yoki bu istalgan ma’lumotlar bo’lib, aniqlangan jismoniy/yuridik shaxsga nisbatan bo’ladi. Bunday ma’lumotlarga, xususan, F.I.SH, tug’ilgan kun, oy va yili, manzili, oilaviy, ijtimoiy va mulkiy holati, ma’lumoti, kasbi, oylik ish haqqi, sog’ligi to’g’risida ma’lumot va boshqalar; hamda boshqa ma’lumotlar shulardan: IP manzil, cookie, brauzerdagi kirish va chiqish tarixi.

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash - shaxsiy ma’lumotlar ustidan bajarilgan har qanday amal, avtomatlashtirish tizimi yoki shunga o’xshash vositalar orqali. Bunday amallarga: yig’ish, qabul qilish, yozish, klassifikatsiyalash, to’planishi, saqlanishi, tahrirlash, (yangilash,o’zgartirish), olish, qo’shish, yuborish (tarqatish, taqdim etish, kirish), blok qilish, o’chirish kabi amallar tushuniladi.

Shaxsiy kabinet - saytning personal bo’linishi, Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni kirgizgandan keyin saytda ro’yxatdan o’tadi. Shaxsiy kabinet, shaxsiy ma’lumotlar saqlanadigan joy (shaxsiy ma’lumotlar va hujjatlar), buyurtmalarni rasmiylashtirish, berilgan buyurtmalarni qayta ko’rib chiqish, ularning amalga oshish statusi, to’lovlarning holati va xabardor bo’lish joyi. Shaxsiy ma’lumotlarni to’lash hamda saqlash shartlari Ro'yxatdan o'tish varaqasida Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartnomasi  bosganida, foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotni yig'ish va saqlash shartlari haqidagi ma'lumot bilan tanishishi mumkin.

Ro’yxatdan o’tish jarayonida Foydalanuvchi o'z irodasi bilan erkin ravishda Administratorga o'zining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash uchun rozilik beradi.

Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash shartlari bilan shaxsan, ro’yxatdan o’tishdan avval tanishishi zarur.

Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetda hisobini o'chirish orqali hohlagan vaqti shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga roziligini bekor qilishi mumkin. Sayt Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tugatadi va Foydalanuvchi hisobini o'chirgandan so'ng darhol ularni yo'q qiladi. Bu holda ma’muriyat faqatgina shaxssizlashtirilgan ma’lumotlarni sistemada saqlab qoladi.

Administrator foydalanuvchilarning ma’lumotlari haqqoniyligi va to’liqligi bo’yicha javobgarlikni olmaydi. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ro’yxatdan o’tish jarayonida kiritilgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta o’zgartirishga haqli.

Kelishuv maqsadi Kelishuv shartlariga quyidagilar kiradi:


  • Saytda foydalanuvchi hisobini ro'yxatdan o'tkazish (Saytni ishlatish uchun shartnoma tuzish);

  • Shartnoma asosida kelishilgan bitim Foydalanuvchiga sayt hizmatlaridan foydalanishni joiz etadi, chunki shartnoma bo’yicha foyda ko’ruvchi va kafolatli shaxs Foydalanuvchi hisoblanadi;

  • Administrator tomonidan o’tkaziladigan marketing va isloh qilish tadbirlarida qatnashish;

  • Foydalanuvchiga reklama xatlarini junatish (mobil aloqa hamda elektron manzil orqali);

  • Saytni rivojlantirishda Foydalanuvchilar bilan aloqa o’rnatish va shu orqali saytni ommaviy bozorda rivojlantirish;

  • Sayt orqali statistik va analitik ichki tadqiqotlar o'tkazish.

Sayt foydalanuvchi tomonidan olingan quyidagi ma'lumotlarni to'plashi va saqlashi mumkin:

  • ism, familiya, jinsi, passport raqami, tug’ilish sanasi;

  • elektron pochta manzili;

  • IP-manzil, cookie, internet brauzer sozlanmalari;

  • Foydalanuvchining saytdan foydalanganligi haqidagi statistikasi va shu kabi texnik ma’lumotlar.

Sayt o’z navbatida Foydalanuvchining akkauntida izlash tarixi, sozlanmalar va saqlab olingan ma’lumotlarni sinxronizatsiya qiladi.

Administrator foydalanuvchi bilan kontraktni amalga oshirish uchun chet ellik yuridik shaxsga chet el davlatining hududiga shaxsiy ma'lumotlarning transchegaraviy ravishda o'tkazilishini qo'llashi mumkin. Barcha maqsadlarga erishilganda, Administrator xorijiy davlat hududida Shaxsiy ma'lumotlarning yo'q qilinishiga kafolat beradi.

Havfsizlik Administrator shaxsiy ma’lumotlaringizni xavfsizligini ta’minlaydi va ulardan qonun doirasidan tashqari foydalanishi hamda tarqatilishi uchun ichki reglament asosida javobgar hisoblanadi. Saytning texnologiyasi yoki foydalanuvchi tomonidan foydalanadigan dasturiy ta'minot sozlamalari saytning boshqa foydalanuvchilari yoki Internet foydalanuvchilari bilan ochiq axborot almashinuvini talab qilganda, foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari maxfiy tutilmasligi mumkin.

Administrator Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi holatlarda uchunchi shaxsga uzatishi mumkin:

  • Foydalanuvchi shaxsan o’z ma’lumotlarini uzatishga ruhsat bersa;

  • Saytning 3 shaxs qo’liga o’tishi, foydalanilishi va o’zlashtirilishi natijasida, shu jumladan uchinchi shaxs foydasiga foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha huquqlarni berish natijasida;

  • Sud yoki boshqa huquqiy instansiyalarning so’roviga asosan;

  • Foydalanuvchi bilan tuzilgan bitimlarning buzilishi munosabati bilan Administratorning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holatida.

Yakunlovchi holatlar Kelishuv O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi doirasida amal qilib barcha Foydalanuvchilar uchun taaluqlidir. Bitim bilan tartibga solinmagan barcha masalalar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hal qilinadi.

Kelishuv ma’muriyat tomonidan ogohlantirishlarsiz bir tomonlama tartibda o’zgartirilishi mumkin va ushbu o’zgartirish uni quyidagi manzilda elon qilinganidan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.

Joriy nashrga o'zgartirishlar kiritilganda oxirgi yangilanish sanasi ko'rsatiladi.

28.11.2018