Mijozlar Xizmati: +998 71 205 53 30

Aviachiptalarni izlash tartibi Eng asosiy izlash tartibi saytning bosh sahifasida joylashtirilgan bo'lib maxsus jadval formasiga kiritilgan. Izlash jadvalini to'ldirishda har bir bo'limni diqqat bilan ko'rish zarur:

«Qayerdan»/Qayerga» Izlayotgan shahringizning bosh harfini kiritganingizdan so'ng tegishli shaharlar ro'yhati chiqadi – bu ro'yxatda bizlar izlashni amalga oshirishimiz mumkin bo'lgan barcha shaharlar kiritilgan. Agar siz kiritgan shahar nomi bizning ro'yxatimizda bo'lmasa, bizning hizmat ko'rsatish bo'limimizga murojaat qilishingizni so'raymiz. Biz kerakli ma'lumotlarni berish bilan birga keyinchalik bu shaharni o'z saytimiz ro'yxatiga kiritishni rejalashtiramiz.

«Uchish sanasi»/Qaytish sanasi» Mustaqil ravishda abquick.uz saytidan chipta buyurtirish siz uchmoqchi bo'lgan reys uchib ketishiga 24 soatdan kam bo'lmagan vaqtgacha buyurtma berishingiz mumkin. Qaytish sanasi, uchib borish sanasidan albatta keyingi sanaga qo'yilishi kerak. Agar passajir uchishni va qaytishni bir kunning o'ziga mo'ljallasa, sayt reyslar natijalarini beradi va foydalanuvchi yetib borish va uchib qaytish vaqtlari oralig'idagi vaqtni diqqat bilan o'rganib chiqishi kerak.

«Passajirlar soni» Chipta olish vaqtida 1 ta bron uchun eng ko'pi bilan 9 kishi uchun buyurtma berish mumkin, ularning orasida albatta 1 kishi voyaga yetgan shaxs bo'lishi zarur.

"Voyaga yetganlar" - 18 yoshga to'lgan har qanday yo'lovchini kattalar soniga qo’shsa bo’ladi. Abquick.uzda aviachiptalarni imtiyozli yo'lovchilar toifalariga (masalan, "talabalar, qariyalar") sotishni nazarda tutmaydi, ammo amaliyot shuni ko'rsatadiki, ketish sanasidan kamida 1 oy oldin sotib olingan aviachipta deyarli har doim imtiyozli yo'lovchilarga arzonlashtirilgan tariflardan ko'ra arzonroqdir.

O'zbekiston Respublikasining 15 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan fuqarolari, ota-onalarning yoki vasiylarning notarial tasdiqlangan roziligini olgan holda, chet elga kattalarsiz mustaqil ravishda borish huquqiga ega bo’ladi.

"Voyaga yetmaganlar" - O‘zbekiston Respublikasining  16 yoshga yetmagan fuqarolari - biometrik pasporti bo‘yicha, bu pasportda  “Ruxsat beruvchi yozuv” stikeri yopishtirilgan bo‘lishi va ichki ishlar organlarining HAMROHLIK QILUVCHI SHAXS shtampi qo‘yilgan unda hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak, shuningdek boriladigan davlatga viza talab qilinadigan bo'lsa kirish vizasi bo‘lishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumotni quyidagi havolada topishingiz mumkin:

https://mfa.uz/ru/consular/nobio/

"Bolalar 2-11 yosh" - bu toifadagi yosh yo'lovchilar kattalarsiz sayohat qilishlari mumkin emas, ammo ular allaqachon samolyotda alohida o'rindiqga ega bo'lishi kerak. Ushbu toifadagi yo'lovchilar uchun uchish narxi odatda kattalar uchun tarifdan 25% dan 75% gacha tashkil qiladi.

"2 yoshgacha bo'lgan o'rindiqsiz bolalar" - bolalar ota-onasining quchog'ida ucha oladilar. Bitta voyaga yetgan shaxs bitta kichkina bolani olib ketishi mumkin. Aksariyat hollarda havo tashuvchilar chaqaloqlarni bepul yoki katta yoshdagilarning tarifidan 10% iga yetkazib berishadi.

"2 yoshgacha bo'lgan o'rindiqli bolalar" - agar chaqaloqlar soni ota-onadan ko'proq bo'lsa, alohida joyga ega bo'lgan chiptani sotib olishingiz kerak. Bu holda, bolalar uchun parvozning narxi 2-11 yosh bolalar tarifi narxiga ko'ra hisoblab chiqiladi. Shuningdek, uzoq muddatli parvozlarda (4 soatdan ortiq) bolalar uchun alohida joy sotib olish tavsiya etiladi - bu ham ota-onaga, ham bolalarga qulayliroq bo'ladi.

«Sinf (Klass)» Abquick.uz saytida siz uchta xizmat sinfining aviachiptalarini sotib olishingiz mumkin, bular: "ekonom", "biznes" yoki "birinchi". Yuqori darajadagi xizmatlarni taqdim etish qobiliyati parvozlar bajariladigan samolyot kabinini joylashtirilishi va jihozlanishi bilan bog'liq, shuning uchun sinflar muayyan marshrutlarda hamda "biznes" va "birinchi" qatnovlarda bo'lmasligi mumkin.

"Chiptaning turi" Hozirgi vaqtda faqatgina elektron bilet sotib olish mumkin, uning afzalliklari elektron avichipta bo'limida Elektron avichipta nima tasvirlangan. Barcha muhim qidiruv parametrlarini to'ldirgandan so'ng, katta yashil "Izlash" tugmasini bosing. Foydalanuvchi so'rovining shartlarini qanoatlantiradigan variantlarni topish bir daqiqadan ortiq davom etadi, undan keyin keyingi bosqichga yo'naltiriladi.