Elektron aviachipta yoki e-ticket – bu oddiy odatdagi blank ko’rinishdagi chiptaning elektron ko’rinishidir. Reysga o’rinni bron qilish ya’ni band qilish odatdagi tartibga amalga oshiriladi, lekin sayohat haqidagi ma’lumotlar biletda aks etmaydi, ular aviakompaniyaning mahsus ma’lumotlar saqlash ba’zasida elektron shaklda bo’ladi. Oddiy bosma chiptalar kabi elektron chipta ham hujjat hisoblanib passajir va tashuvchi aviakompaniya o’rtasidagi kelishuvni tasdiqlaydi. Farq shundaki elektron chipta qator qulayliklarga ega – elektron chiptani uydan chiqmay harid qilishingiz mumkin, chiptani yo’qotish va esdan chiqarish holati yo’q, ustiga nohosdan suv yoki bir tomonga uchganingizdan so’ng tashlab yuborolmaysiz (aynan shu blank qaytish bileti ham bo’lganini esdan chiqarib).
Elektron chipta haqida gap ketganda, ko’plar uni online tarzda sotib olinadigan chipta deb tushunadilar. Ammo bu yanglish fikr, chunki elektron chiptani oddiy aviakassa ofislarida ham harid qilishingiz mumkin, online tarzda sotib olish esa bu navbatdagi izlash va sotib olishingizdagi qulaylik holos. Ta’kidlash kerakki, elektron chipta degani qog’oz ko’rinishda bo’lmagan ya’ni bosib chiqilmagan bilet tushunilmaydi, sotib olingan elektron chiptaning yo’nalish-kvitansiyasi ko’rsatilgan qog’oz bosma ko’rinishidagi reys ma’umotlari ko’rsatilgan chipta taqdim etiladi.
Ko’plab aviakompaniyalar ro’yxatdan o’tish vaqtida elektron bosib chiqilgan qog’oz chipta bo’lishini talab qilishmaydi, ammo sayt administratori ushbu qog’oz bo’lishini tavsiya etadi, chunki undagi ma’lumotlar qaytish chiptasi borligi haqida dalolat beradi. Elektron aviachipta bank kartasi yordamida harid qilingan bo’lsa, ba’zi aviakompaniyalar xavfsizlik choralarini ko’rib harid qilingan kartaning o’zini ko’rsatishni talab qilishadi.
Elektron chiptaning qulayliklari.
Aviakompaniya va xalqaro tashuv uyushmasi aynan elektron chiptani uning qator qulayliklari uchun avia tashish hujjatining asosiy ko’rinishi sifatida ta’sis etadilar. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, elektron chipta sotib oluvchi passajirning vaqtini tejab, endilikda uni aviakassa ofislariga borishini, navbat kutishini talab etmaydi. Elektron chipta aviatashuvchining himoyalangan ma’lumotlar ba’zasida saqlangan bo’lib, passajir chiptaning yo’qolib qolishi ehtimoli haqida qayg’urmasa ham bo’ladi (odatdagi bosma bilet yo’qotilganligi uchun aviakompaniyalar 2 nusxasini berishda passajirdan 30 evrodan tortib 150 evrogacha jarima soladi). Elektron chiptani istalgan vaqtda, dunyoning istalgan chekkasida turib harid qilishingiz mumkin buning uchun internetga ulangan bo’lsangiz yetarli. Oldin sotib olish jarayonida shaxsan aviakassada bo’lishingiz talab etilardi. Endilikda bu ortda qoldi, foydalanuvchi boshqaning nomiga ham sanoqli daqiqalar ichida chipta harid qilishi mumkin. Bundan tashqari endi aviakompaniyalar passajir uchun 24 soat oldin samolyot bortidan uziga qulay bo’lgan joyni tanlash imkonini beradi, oldin bu amal aeroportda 2-3 soat oldin ro’yxatdan o’tish jarayonida amalga oshirilgan.
Qayerda va qanday qilib aviachipta harid qilish mumkin?
Elektron chipta harid qilish uchun oddiy chipta harid qilishdagi qoidalarga amal qilinadi. Eng qulay yo’li, mustaqil ravishda abquick.uz saytidan foydalangan holda chipta sotil olish mumkin, qo’shimcha ma’lumot va savollar yuzaga kelgan holatda foydalanuvchi istalgan vaqtda sayt operatorlari bilan ulanishi mumkin. Ammo haridor xohishidan kelib chiqib chiptani aviakompaniya ofislarida ham sotib olishi mumkin.
Ayni vaqtda abquick.uz sayti hizmatlaridan foydalanib chiptani bank kartasi va naqd to’lov orqali ham amalga oshirsa bo’ladi.
Korporativ mijozlari va boshqa yuridik shaxslar to’lovni pul ko’chirish yo’li bilan ham amalga oshirishi mumkin.
To’lov turidan qat’iy nazar har bir haridorga shaxsan yo’nalish-kvitansiyasi taqdim etiladi. Yuqorida ko’rsatilgan har bir to’lov haqidagi batafsil ma’lumotlarni foydalanuvchi “Chipta to’lovi” bo’limidan olishi mumkin. Saytdan faqatgina elektron chiptalar harid qila olishingizni eslatib o’tamiz.
Elektron chiptani olish.
Elektron chipta (yo’nalish kvitansiyasi) aviatashuv uchun va ro’yxatdan o’tishdagi asosiy hujjat hisoblanadi. To’lov amalga oshgandan so’ng electron chipta foydalanuvchi buyurtma vaqtida abquick.uz saytida ko’rsatgan electron manzilga jo’natiladi. Bundan tashqari elektron chipta foydalanuvchining “Mening buyurtmalarim” bo’limida chiqarib olish uchun tayyor holatda uchib ketish vaqtigacha mavjud bo’ladi. Uchgandan so’ng (7-kundan 30-kunchaga tanlangan aviakompaniyaga qarab) yo’nalish kvitansiyasi chiqarib olish uchun tayyor holatda mavjud bo’ladi.
Belgilangan vaqt tugagandan so’ng yo’nalish-kvitansiyasi maxsus arxivga ko’chiriladi va ba’zi holatlarda qayta tiklanmaydi.Shuning uchun ushbu hujjat taqdim etilishi joiz bo’lsa uni belgilangan muddat ichida chop etib olishni tavsiya qilamiz.