Mijozlar Xizmati: +998 71 205 53 30

Saytda ro'yxatdan o'tish

Abquick.uz saytida istalagan foydalanuvchi saytdagi barcha ma’lumotlarni ko’rish, kerakli yo’nalish bo’yicha qulay sanada uchish chiptalari va joy mavjudligini tekshirish hamda saytning istalgan bo’limi bilan tanishib chiqish imkoniga ega. Foydalanuvchi bevosita buyurtma berish jarayonida yoki o’zi mustaqil ravishda ro’yxatdan o’tishi mumkin ro’yxatdan o’tish ssilka.

Saytda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi elektron chiptalarni buyurtma qilishdan tashqari qator foydali funktsiyalarga ega bo’ladi:

  • Chipta sotib olayotgan passajirlarning shaxsiy ma’lumotlari Foydalanuvching sahifasida saqlanib turadi, keyingi buyurtma jarayonida ulardan osongina qayta foydalanish imkoniga ega bo’ladi.

  • Aviakompaniyalar taqdim etgan bonus ballar va kartalarni saqlab qolish imkoniyati (barcha passajirlar uchun va istalgan miqdorda) bu keyinchalik yig’ilgan bonuslarda qulay foydalanish imkonini beradi.

  • Agar foydalanuvchining elektron manzili o’zgarsa ham qayta ro’yxatdan o’tishi shart emas saytdagi login (ism)ni o’zgartirishi yetarli.

  • “Xabardor bo’l” hizmatidan foydalanish – bu foydalanuvchiga saytdagi yangiliklarni birinchilardan bo’lib bilish, buyurtma berilgan chipta statusini va u haqidagi o’zgarishlardan xabardor bo’lish imkonini beradi.

  • Buyurtma arxividan to’liq foydalanish – foydalanuvchi istalgan vaqtda oldin foydalanilgan reys haqida ma’lumotga ega bo’lishi.

  • Ro’yxatdan o’tishdagi shaxsiy ma’lumotlar istalgan vaqtda Foydalanuvchi tomonidan tahrir qilish imkoniyati.